Qoraqalpog’iston Respublikasi Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi1964-yil SPTU-3 bo’lib ochilib, 2000-yil Taxiatosh qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji, 2008-yil Taxiatosh Politexnika kasb-hunar kolleji, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son qaroriga muvofiq 2020-yildan boshlab Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi bo’lib,  hozirgi kunda 2026-yildan boshlab Taxiatosh tumani 1-sonli  texnikum bo’lib faoliyat yuritmoqda.
Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumi  9-sinf bitiruvchilarini qabul qiladi. Ta’lim mussasamizda  560-o’quvchi bo’lib quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olmoqdalar.

1-“Suv xo’jaligi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi operatori”

2-Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish

3- “Qutqaruvchi”,

4-O’t o’chiruvchi

5-“Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”,

6-“Tikuvchilik”

7-Payvandlash va gaz plazma jihozlari ta’mirlovchisi

kasblari bo’yicha jami  7-ta yo’nalish bo’yicha o’quvchilarni tayyorlaydi. Ta’lim muassasasida 100 xodim bo’lib shundan 35 tasi o’qituvchi va 20 tasi ishlab chiqarish ta’lim ustasi bo’lib  ishlaydi.