Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Yoshlarni kitob o‘qishga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumida 2026-yil 31-yanvar kuni “Yosh kitobxon” tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda texnikumning 10-25 guruh oʻquvchilari Gaipnazarov Azizbek va Maxsudov Ruslanlar faol qatnashdilar. 14-19 yosh toifalar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda Maxsudov Ruslan faxriy 2-oʻrinni egalladi.



