Joriy yilning 18-fevral  kuni,   Taxiatosh  tumani 1-sonli texnikumi tomonidan Axborot-kutubxona markaziga sayohat  tashkillashtirildi. Sayohatga Taxiatosh  tumani 1-sonli texnikumining Axborot-kutubxona markazi raxbari  M.Babajanova  texnikumning 9/25 va 10/25  “Kampyuter grafikasi” va “Qutqaruvchilar” guruhi talabalarini sayohatga olib keldilar.  Mazkur sayohatdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Sayohat davomida o‘quvchilar:

-kutubxonaning bo‘limlari bilan tanishdilar,

-badiiy va ilmiy adabiyotlar fondini ko‘zdan kechirdilar,

-elektron resurslar va haqida ma’lumot oldilar,

-kitobni qidirish va buyurtma berish tartibini o‘rgandilar.

Kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kitobdan samarali foydalanish, mutolaa madaniyati va axborotni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.