Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi Alliyarov Ibragim Adiljon oʻgʻli 189 ball toʻplab, katta muvaffaqiyatga erishdi!

Ibragim bir yo‘la 5 ta nufuzli sertifikat sohibi hisoblanadi:
Kimyo — 70,22 ball to‘plab (A+ daraja)
Biologiya  — 66,43 ball to‘plab (A daraja)
O‘zbek tili va adabiyoti — 62,06 ball to‘plab (B+ daraja)
Tarix — 64,45 ball to‘plab (B+ daraja)
Matematika — 55,15 ball to‘plab (B daraja)

Bu yuksak natija zamirida yoshlarimizning tinimsiz mehnati, fidoyi ustozlarning ta’lim-tarbiyasi hamda  ota-onaning katta ishonchi mujassam.