Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumda 14-aprel kuni o’quvchilar   orasida startap bo’yicha  uchrashuv  o’tkazildi.Uchrashuv davomida 5-25 guruhi oʻquvchisi U.Shamuratov texnikum oʻquvchilariga startapni nima va maqsadi va vazifalari haqida keng manoda maʼlumot berdi. U oʻz soʻzida jamiyatdagi muammolarga innovatsion yechim topish va undan daromad olish, startapga qanday qilib g’oya topish va qanday qilib inversotlarni o’ziga jalb qilish  kabi tushunchalarni aytib o’tdi. Uchrashuv oxirida Texnikum o’quvchilari orasida o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javoblar olib borildi va faol qatnashuvchilarga maxsus “Noldan Milliongacha” qo’llanmasi 3-25 guruhi o’quvchilari Babajanov Suroj, Xabibullayev Atabek, Rustamov Nurdawlet hamda 5-25 guruhi o’quvchisi Mamutov Xurshidga topshirildi.