Tadbir davomida o‘quvchi qizlarga ta’lim muassasasida ichki tartib-qoidalarga amal qilish, belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etish, odob-axloq me’yorlarini saqlash, muomala madaniyati va shaxsiy mas’uliyatni oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar, xususan, qizlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash hamda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbirda o‘quvchi qizlarning ta’lim muassasasi sha’ni va obro‘sini munosib himoya qilishi, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyatiga amal qilishi hamda kelajakda yetuk, bilimli va ma’naviyatli mutaxassislar bo‘lib kamol topishi muhimligi qayd etildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, intizomni mustahkamlash va yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.



