Qoraqalpog’iston Respublikasi Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumning axborot resurs markazida 2026-yil 14- fevralda buyuk mutafakkir lirik davlat arbobi shoir Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning tavallud kuniga bag’ishlab adabiy kecha o’tkazildi. Axborot resurs markazi mutaxassisi A.Palikeva Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning hayoti va ijodi haqida o’quvchilarga so’zlab berdi. O’quvchilar Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga tegishli g’azallar ruboiylar aytib berdilar.



