Joriy yilning 17-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati raxbari J.Qadirbatva tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan”Onalar va kitob nuri” mavzusida davra tashkillashtirildi. Bugungi davra suhbatimiz – mehmoni eng go‘zal va mazmunli qahram onlaridan biri Kitobxon ona — nafaqat oilada, balki mahallada ham kitob mutolaasini targ‘ib etib kelayotgan, farzandlariga ibrat bo‘layotgan, bo‘sh vaqtini kitob bilan mazmunli o‘tkazadigan, ma’naviy yetuk suxbatimiz mehmoni kitoxon ona Taxiatosh tumani 1-sonli Texnikum Axborot-kutubxona markazi kutubxona mudiri M.Babajanova. Bu tadbir — oilada kitobxonlik muhitini yaratishda, farzand tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor e’tirof etish uchun bag‘ishlanadi.
Ona — mehr manbai, tarbiya ustuni, xonadon chirog‘i. Kitobxon ona esa nafaqat o‘z farzandiga, balki jamiyatga ham ma’naviyat ulashuvchi nurli siymodir. Chunki kitob o‘qiydigan ona — o‘ylaydigan, izlanadigan, farzandini ham fikrlashga o‘rgatadigan onadir.


