2026-yil 3-sentyabr kuni 1-sonli texnikumida “Repressiya qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — o‘quvchi-yoshlarga xalqimiz tarixidagi og‘ir va murakkab davrlar haqida to‘liqroq ma’lumot olishi, siyosiy qatag‘onlar qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida tarixiy xotira, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, mustaqillik va tinchlikning qadriga yetish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida XX asrning sobiq sovet tuzumi davrida xalqimiz boshidan kechirgan siyosiy qatag‘onlar, nohaq ta’qib va jazolashlar haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. O‘sha davrda davlat va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab ziyolilar, olimlar, adiblar, davlat va jamoat arboblari, harbiy xizmatchilar hamda oddiy fuqarolar turli asossiz ayblovlar bilan ta’qib qilingani, haqida texnikumda o‘qiyotgan o‘quvchilarga malumotlar berildi.

Tadbirda texnikum o‘quvchilariga tarixni unutmaslik, ajdodlar xotirasini e’zozlash va ulardan ibrat olish har bir insonning muqaddas burchi ekanligi tushuntirildi. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan tinch va osoyishta sharoitlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash hamda kelajak uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Tadbir davomida “Tarixiy xotira — milliy o‘zlik asosi”, “Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz xotirasida”, “Ajdodlar xotirasi — abadiy” kabi mavzularda suhbatlar tashkil etildi. O‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning tarixiy bilimlari mustahkamlandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan repressiya qurbonlarining xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazish muhimligi haqida fikrlar bildirildi.